35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala muhokama qilindi

#doimiy_komissiya_faoliyati

Doimiy komissiya yig‘ilishida muhim masala muhokama qilindi

Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda Qiziriq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i Farruxjon Ro‘ziboyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-oktabrdagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan ishonchli muhofaza qilish sohasini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PF-185-son Farmoni ijrosi yuzasidan tumanda favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida 2026-yil II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti eshitildi.

Hisobot davomida favqulodda vaziyatlarning oldini olish, aholi xavfsizligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarlarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Doimiy komissiya a’zolari tomonidan hisobot yuzasidan tegishli savollar berilib, mas’ullarga aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida bajarish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

Slide 1 of 2