35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Inson qadri ulug‘langan yurtda kechirim va mehr ustuvor
янв.21
Xo‘jabulg‘on mahallasida infratuzilma yaxshilanmoqda
янв.21
5 423 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatlangan tashabbus — aholi manfaati ustuvor!
янв.21
“Oila poliklinikalari” tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni
янв.21
Maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi o‘rganildi
янв.21
Mustaqillik — buyuk ne’mat, yuksak mas’uliyat
янв.21
Huquqiy savodxonlik — samarali davlat boshqaruvining muhim omili
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI — DEPUTAT E’TIBORIDA
янв.21
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA
янв.21
OLMAZOR KO‘CHASIDA TEMIR-BETON LOTOKLAR O‘RNATILISHI O‘RGANILDI
Yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi

Yo‘l xaritasi ijrosi yuzasidan manzilli o‘rganish olib borildi

Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi kotibiyati mudiri Sh. Boyqulov, Xalq deputatlari viloyat Kengashining 12–Uchqizil saylov okrugi deputati B. Gapparov hamda tuman Kengashi bosh mutaxassisi K. Abdullayeva tomonidan Yangihayot MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar yakunlari bo‘yicha ishlab chiqilgan "yo‘l xaritalari" ijrosi yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning bajarilishi manzilli o‘rganildi.

O‘rganish davomida Termiz tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan loyihalar ijrosi, jumladan:

- "Yangihayot" MFY hududida piyodalar yo‘lakchasini qurish hamda energiya tejovchi tungi yoritish chiroqlari bilan jihozlash;
- Hududning elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 250 kVA quvvatga ega transformator o‘rnatish;
- "Yangihayot" MFYda sug‘orish tizimini yaxshilash maqsadida 2 kilometr uzunlikdagi sug‘orish tarmog‘ini tortish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

Xalq deputatlari tomonidan "yo‘l xaritalari" ijrosi ustidan  deputatlik nazoratini samarali tashkil etish, hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini doimiy monitoring qilib borish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4