Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Mashrab G‘aniyev tomonidan Bo‘ka tumanida maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yozgi oromgohlar ish faoliyati, ularning tashkil etilish darajasi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar holati o‘rganildi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Mashrab G‘aniyev tomonidan Bo‘ka tumanida maktab hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yozgi oromgohlar ish faoliyati, ularning tashkil etilish darajasi hamda bolalar uchun yaratilgan sharoitlar holati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida oromgohlarda bolalarning mazmunli dam olishini ta’minlash, sog‘lomlashtirish tadbirlarini samarali tashkil etish, xavfsizlik talablariga rioya etilishi hamda pedagog va tarbiyachilar tomonidan olib borilayotgan tarbiyaviy ishlar holati tahlil qilindi. Shuningdek, bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun tashkil etilgan to‘garaklar, sport va madaniy tadbirlar, ma’naviy-ma’rifiy mashg‘ulotlar sifati ham ko‘zdan kechirildi.

Bundan tashqari, yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari ham o‘rganilib, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’mirlash ishlari, sinfxonalarni jihozlash, o‘quv qurollari va zarur resurslar bilan ta’minlash holati hamda o‘quv jarayonini sifatli tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.

Deputat tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, oromgohlar faoliyatini yanada takomillashtirish, yangi o‘quv yilini munosib kutib olish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi hamda mazkur yo‘nalishdagi ishlar deputatlik nazoratiga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook