Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati O. Nosirov, tuman Kengashi deputatlari Yo. Tojiboyeva, M. Saliboyeva hamda tuman Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi xodimidan iborat ishchi guruh “Dostonobod” MFYdagi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘ldilar. Nazorat tartibida kechgan o‘rganish jarayonida bolajonlar uchun yaratilgan ta’lim-tarbiya sharoitlari, xonalarning sanitariya holati hamda muassasa
hududida amalga oshirilgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.