Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chorchinor mahallasida Kengash deputaining muammolar bilan ishlash holati o‘rganildi.
янв.21
Chorchinor mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi va tuman hokimligi hamkorligi
янв.21
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni
янв.21
Gaza mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj oila muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida tadbirkorlar muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida infratuzilma muammolari o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Gaza mahallasi deputatining aholi murojaatlari bilan ishlash holati o‘rganildi
“24 TA ENG MUHIM YO‘NALISH” DOIRASIDA MAHALLA FAOLIYATI O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli hamda mahalla profilaktika inspektori faoliyati atroflicha tahlil qilinib, fuqarolar bilan ishlash tizimi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati va davlat tomonidan yuklatilgan vazifalar ijrosi yuzasidan batafsil suhbat o‘tkazildi.

Xususan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi:

🔹 Hokim yordamchisi tomonidan aholining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar samaradorligi;

🔹 Xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda muammolarni manzilli hal etish borasidagi faoliyati;

🔹 Soliq inspektori tomonidan soliq intizomini mustahkamlash, soliq bazasini kengaytirish, norasmiy bandlikni qisqartirish va soliq qonunchiligi ijrosini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar.

Shuningdek, uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2026-yil 22-iyundagi KQ–360-V-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Unda mahalla tizimida faoliyat yuritayotgan mutasaddilarning yangi vakolatlari, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, davlat organlari va mahalla o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish, shuningdek, mahalliy Kengashlarning nazorat vakolatlarini yanada samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga amaliy tavsiyalar berildi hamda mahalla “yettiligi” faoliyatini qonunchilik hujjatlari asosida yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlash sifatini oshirish va mavjud muammolarni tizimli hal etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2