Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari o‘rganildi
янв.21
Qarorlar ijrosi amalga oshirilmoqda.
янв.21
Aholi muammolari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlik so‘rovi — aholi muammolari yechimida amaliy qadam
янв.21
Mahallalarda infratuzilma yaxshilanmoqda.
янв.21
Elektr energiyasi bilan bog‘liq muammoni deputat nazoratiga oldi
янв.21
Ko‘chmas mulk ob’ektlari jamoat ehtiyojlari uchun olib qo‘yilganda beriladigan kompensatsiya to‘lovlari soliqlardan ozod qilindi. O‘zbekiston Respublikasining “Shaharsozlik renovatsiyasi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi.
янв.21
Mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining 2026-yilning 15-19-iyun kunlari amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Deputatlik so‘rovi – muammolarning ijobiy yechimi
Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

🏥 Tug‘uruqxonadagi sharoitlar va tibbiy xizmat sifati deputat nazoratida

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Jamila Shermuhammedova tomonidan Qozirobod saylov okrugi hududidagi 1-Qatortol mahallasida joylashgan 7-sonli tug‘uruqxonada o‘rganish va monitoring ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganishdan ko‘zlangan asosiy maqsad sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligi, patronaj xizmatlari faoliyati, homilador ayollar va yosh onalarga yaratilgan shart-sharoitlar hamda tug‘uruqxonaning tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati bilan yaqindan tanishishdan iborat bo‘ldi.

🤝 Deputat tomonidan tug‘uruqxonada davolanayotgan ayollar bilan ochiq muloqotlar, intervyular va savol-javoblar tashkil etildi. Muloqotlar davomida fuqarolar muassasada yaratilgan sharoitlar, tibbiyot xodimlarining kasbiy mahorati, muomala madaniyati, sanitariya-gigiyena talablari va ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatidan mamnun ekanliklarini bildirdilar.

👩‍⚕️ Ayniqsa, tug‘uruqxona jamoasi, bosh shifokor hamda mutaxassis shifokorlarning mas’uliyatli va fidokorona mehnati, onalar va chaqaloqlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor yuqori baholandi. Fuqarolar tomonidan tug‘uruqxonada zamonaviy tibbiy xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilgani, sog‘lom avlodni voyaga yetkazish yo‘lidagi ishlar e’tirof etildi.

🩺 O‘rganish davomida ayrim murojaatlar ham qabul qilindi. Jumladan, mahalla fuqarolaridan biri tomonidan sanatoriyaga yo‘llanma masalasi yuzasidan murojaat bildirildi. Mazkur murojaat deputat tomonidan nazoratga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish hamda masalaning ijobiy yechimiga erishish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

💬 Jamila Shermuhammedova o‘z so‘zida bugungi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, tibbiyot muassasalarining zamonaviy jihozlar bilan ta’minlanishi hamda malakali mutaxassislar faoliyati sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

✅ Mazkur monitoring tadbiri aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish, shuningdek, fuqarolar murojaatlarini joyida hal etishga qaratilgan amaliy deputatlik nazoratining navbatdagi namunasi bo‘ldi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10