Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Sherobod tuman Kengashi faoliyati.

📌 Sherobodda saylovchilar bilan ochiq va samarali muloqot o‘tkazildi

 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi 24-Xo‘jaqiya saylov okrugi deputati, Sherobod tumani hokimi U. Alimov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga oid qator murojaatlar bildirildi. Xususan, moddiy yordam ajratish, imtiyozli kreditlardan foydalanish, doimiy ish o‘rinlari bilan ta’minlash kabi masalalar ko‘tarildi.

Shu bilan birga, Xo‘jaqiya-2 mahallasi hududida infratuzilmani rivojlantirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Bildirilgan har bir murojaat va taklif tegishli tartibda ro‘yxatga olinib, ularni hal etish bo‘yicha mas’ul tashkilot va mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi hamda ijrosi nazoratga olindi.

✔️ Ta’kidlash joizki, bunday uchrashuvlar saylovchilar bilan ochiq muloqotni ta’minlash, hududdagi muammolarni tizimli hal etish hamda mahallalarni kompleks rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 7