🔵🔵🔵 Deputat taklifi g‘olib loyihalar qatorida
✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati, kotibiyat bosh mutaxassisi F.N.Tursunqulov tomonidan O‘zbekiston Ruspublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi “Budjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5072-sonli qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi “Tashabbusli budjet jarayonlarini o‘tkazish hamda moliyalashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi KQ-666-IV-sonli qarorlari asosida kiritilgan taklifi 5423 ta ovoz bilan g‘olib loyihalar qatoridan o‘rin oldi.
✅Taklifga asosan Avlod mahallasidagi 8-sonli umumta’lim maktabida zamonaviy futbol maydonchasi (25*50 metr2 hajmda, yuvinish xonalari bilan) hamda yopiq suzish havzasi (15*40 metr2 hajmda) qurish va ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi belgilangan.
✅Ushbu ishlarning bajarilishi deputatning doimiy nazoratida.