Mazkur tibbiyot maskani zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, mahalla aholisiga sifatli va tizimli tibbiy xizmat ko‘rsatib kelayotgani qayd etildi. Deputat, shuningdek, bemorlarga bepul beriladigan dori-darmonlar ro‘yxati bilan ham tanishdi.
Shundan so‘ng deputatning o‘zi ham bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tdi hamda aholini yaratilgan imkoniyat va sharoitlardan unumli foydalanib, o‘z vaqtida tibbiy tekshiruvlardan o‘tishga chaqirdi.