Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
❄️❄️❄️ Deputat saylov okrugidagi xotin-qizlar tomonidan tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari bilan tanishdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
🔴🔴🔴 O‘rganish natijasiga ko‘ra 61-sonli umumta’lim maktabi ta’mirlanadigan bo‘ldi
янв.21
🌀🌀🌀 61-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
⭐⭐⭐ Deputatlar Inkabot mahallasida monitoring o‘tkazdi
янв.21
📣📣📣 Тashabbusli byudjet jarayonida ishtirok etgan va g‘olib bo‘lmagan takliflar yuzasidan monitoring davom etdi.
янв.21
Qarorlar ijrosi yuzasidan deputatlar monitoring o‘tkazdi
янв.21
Deputat taklifi g‘olib loyihalar qatorida
янв.21
Deputatlik so‘rovi orqali muammo ijobiy yechimi topdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi va ijobiy yechim
“Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonun ijrosi tahlil etildi.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining agrar, qurilish, kommunal sohalar, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya O‘zbekiston Ekologik partiyasi deputatlik guruhi va partiya tashkilotining tashabbusi bilan shaharda O‘zbekiston
Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-qonun ijrosi yuzasidan nazorat-tahlil faoliyatini amalga oshirildi. Doimiy komissiya a’zosi R.Qayumov kuz mavsumining kirib kelishi munosabati bilan shahar hududida tabiiy chiqindilarning hosil bo‘lishi miqdori keskin ortib borishi, bunda ayniqsa daraxt va butalarning kuzgi barg-xazonlarini hosil bo‘lishi, qurigan o‘t-o‘lanlar, singan shox-shabbalar va boshqa o‘simlik qoldiqlarini to‘planib qolayotganligni aytib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktyabrdagi “Maishiy chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi ishlarni samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 787-sonli qarorining
asosiy vazifalari chiqindilarning fuqarolar hayoti va sogʻligʻiga, atrof-muhitga zararli taʼsirining oldini olish, chiqindilar hosil boʻlishini kamaytirish va ulardan xoʻjalik faoliyatida oqilona foydalanilishini taʼminlashdan iboratdir. Shundan kelib chiqqan holda deputatlar D.Vaxobjonov, X.Ibragimova, U.Abdunazarov o‘z fikrlarini bildirdilar. Shahar Ekologiya, tabiatni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi bo‘limi va shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan taklif etilganlar o‘z munosabatlarini bildirdilar. Shundan so‘ng shaharning “Turkiston” mahallasiga chiqilib, u yerda hosil bo‘lgan tabiiy chiqindilar va ularni maxsus joylarga to‘plash va ulardan kompost tayyorlash hamda organik o‘g‘it sifatida qayta foydlanishni ta’minlash ishlari muhokama etildi. Doimiy komissiya ushbu masalani atroflicha tahlil etib, tegishli qaror qabul qildi.  

Slide 1 of 4