Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Uzoq yillik muzokarali murojaatga yechim...
янв.21
O‘quv seminari tashkil etildi.
янв.21
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Umumta’lim maktabi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Joriy yilning 19-noyabr kuni xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kun tartibida:

🔹Tuman prokurori o‘rinbosari F.Qosimovning tumanda jinoyatchilikni oldini olish va mahallalarda kriminogen vaziyatni yaxshilash borasida joriy yilning to‘qqiz oyi davomida amalga oshirgan ishlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Bunda, tumandagi jinoyatchilik holatlari, kriminogen vaziyati og‘ir mahallarda olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

🔹Davlat soliq inspeksiyasi tuman bo‘limi boshlig‘i Z.Zokirovning bo‘limda korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Bunda, inspeksiya xodimlari bilan o‘tkazilayotgan o‘quv-seminarlar, shaffoflikni ta’minlanish holatlari muhokama qilindi.

🔹Yig‘ilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5