Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Tibbiy xizmat sifati deputatlar nazoratida
янв.21
Uzoq yillik muzokarali murojaatga yechim...
янв.21
O‘quv seminari tashkil etildi.
янв.21
💬 Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi 19-sessiyasi boʻlib oʻtdi
янв.21
Umumta’lim maktabi faoliyati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganishlar davom etmoqda.
янв.21
Tibbiyot birlashmasi jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganildi.
янв.21
Sessiya kun tartibidagi masalalar doimiy komissiyalarda muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari Boysun tumani Kengashining navbatdagi XVI sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar muhokama qilindi.
Tadbirkor bilan uchrashuv

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Xusniya Raxmonova To‘polos mahallasida bo‘lib, asalarichilik bilan shug‘ullanib kelayotgan tadbirkor faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqdi.

Deputat Xusniya Raxmonova To‘polos mahallasida bo‘lib, asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan tadbirkor faoliyatini ko‘zdan kechirdi. U mahalla hududida o‘z faoliyatini boshlagan tadbirkor bilan uchrashib, unga yordam berish va imkoniyatlar yaratish borasidagi rejalari haqida so‘zlab berdi.

Asalarichilikning ahamiyati va uning iqtisodiy samaradorligi haqida gapirgan deputat, o‘zining ilmiy va amaliy tajribasidan foydalangan holda, bu soha uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish zarurligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan ajratilayotgan grantlar va subsidiyalar haqida ham ma’lumot berdi.

Shu bilan birga, To‘polos mahallasi aholisi uchun qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratish va asalarichilik sohasini yanada rivojlantirish borasida aniq rejalar ishlab chiqilishi maqsad qilindi. 

Slide 1 of 2