“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini, shuningdek, xalq hokimiyatchiligini to‘laqonli ro‘yobga chiqarish hamda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar.
Xalq deputatlari Sariosiyo tuman Kengashi deputati M.Zaripova 3-iyulda “Shoqishloq” mahallasida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda aholi bilan uchrashuv tashkil etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-98-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan Konsepsiyaga ko‘ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari va ustuvor yo‘nalishlari hamda 30-iyun — Yoshlar kuni munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoevning yoshlar bilan uchrashuvida ilgari surilgan eng muhim tashabbus va yangiliklar mazmun-mohiyati haqida aholi tanishtirildi