Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “2030-yilgacha bo‘lgan davrda barqaror rivojlanish sohasidagi milliy maqsad va vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”
янв.21
Mahalliy davlat hokimiyati va vakillik organlari faoliyatini rivojlantirish — 2030 yilgacha mo‘ljallangan muhim strategiya
янв.21
Bugungi deputatning siyosatdagi roli
янв.21
Инвестиционная политика Нового Узбекистана: ключевые инициативы в выступлениях Президента
янв.21
🇺🇿 Yangi O‘zbekistonda investitsiya siyosati: Prezident nutqlaridagi asosiy tashabbuslar
янв.21
Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Vengriyaga rasmiy tashrifi: ikki tomonlama munosabatlarda yangi bosqich
янв.21
Ta’limdagi islohotlar deputatlar e’tiborida.
янв.21
Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda
янв.21
Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish
VENGRIYA - O‘ZBEKISTONNING STRATEGIK SHERIGI

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Vengriyaga tashrifi joriy yilda 30 yilligi nishonlanadigan ikki tomonlama hamkorlik tarixida yangi bosqichni boshlab berdi.

Budapeshtda boʻlib oʻtgan muzokaralar yakunlari boʻyicha Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kengaytirilgan strategik sheriklik oʻrnatish toʻgʻrisidagi qoʻshma deklaratsiyani imzoladilar.

Tomonlar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi strategik sheriklik va ko‘p tomonlama hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar, barcha sohalarda konstruktiv hamkorlik barqaror rivojlanib borayotganidan mamnunlik bildirdilar.

Mirziyoyev va Orban birinchi bosqichda oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini 500 million yevroga yetkazish maqsadida savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantirish muhimligini taʼkidladi, shuningdek, bank-moliya sohalarida hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi.

Bundan tashqari, Vengriya kompaniyalari ishtirokida O‘zbekistonda Yevropa korxonalari uchun maxsus sanoat zonasini tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Buning doirasida iyul oyida Budapeshtda boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo aralash iqtisodiy komissiya yigʻilishida investitsiya dasturini tayyorlash va tasdiqlash boʻyicha kelishuvga erishildi.

Turizm va madaniy almashinuvni rivojlantirish maqsadida Vengriya va O‘zbekiston o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni qayta tiklash masalasi ham muhokama qilindi.

Ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, o‘zaro talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratildi. Bundan tashqari, rahbarlar O‘zbekistonda Vengriya universitetlarining filiallarini ochish imkoniyatlarini muhokama qilib, joriy yilda Toshkentda O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazishga kelishib oldilar.

Mirziyoyev va Orban tegishli vazirliklarga Oʻzbekiston va Vengriya oʻrtasidagi munosabatlarni kengaytirilgan strategik sheriklik darajasiga koʻtarish niyatini tasdiqlagan holda erishilgan kelishuvlar ijrosini nazorat qilish boʻyicha qoʻshma yoʻl xaritasini tayyorlashni topshirdi.

Muxtasar aytganda, O‘zbekiston va Vengriya rahbarlarining uchrashuvi o‘zaro hurmat va manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan strategik sheriklikni yanada muvaffaqiyatli rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratdi.
Feruza Jumayeva,

Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashi deputati,“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi