Uchrashuvda, mahallada qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi. Shuningdek deputat aholining yig‘ilib qolgan muammolarini yaqindan o‘rgandi. "Ochiq budjet" portalida hududdagi ta’mirtalab holga kelgan ichki yo'llarni ta'mirlash, tungi yoritish chiroqlari o‘rnatish maqsadida qoyilgan loyihalarda aholini faol ishtirokini ta'minlash kerakligi ta'kidlandi.
Bundan tashqari, deputat "Ozodlik" mahallasi xonadonlarida bo‘lib, aholi daromad manbaini yaratish, tomorqa madaniyatini shakllantirish, sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirish, ko‘chat o‘tqazish, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.