#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul
⚡️2025-yil 5-mart kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman kengashi 14-Bog'iston saylov okrugidan saylangan deputatt M.Aytbekova Bog'iston MFY aholisi bilan o‘zining navbatdagi sayyor qabulini o‘tkazdi. Sayyor qabulda tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Miralimov, tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi direktori M.Egamberdiyev hamda mutasaddi korxona, tashkilotlar raxbarlari ishtirok etdi.
📍O‘zining turli sohalardagi masalalari bilan tashrif buyurgan 32 nafar fuqarolarning 35 dan ortiq murojaatlari tinglanib, 20 ga yaqini shu joyning o‘zida bartaraf etildi.
⚡️Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.