Ana shunday uchrashuv Boyovut tumani "Narvo‘z" mahallasi binosida bo‘lib o‘tdi. Unda 04-Farhod saylov okrugidan saylangan deputat Akromjon Bo‘tayev, mahalla yettiligi, "Boyovuttumanga" gaz ta'minoti hamda Boyovut tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuvlarda "Boyovuttumangaz" gaz ta'minoti bilan mahallada tushgan murojaatlarni o‘rganish, ularni hal qilish masalalari bo‘yicha fikr mulohazalar almashildi.
Boyovut tumani sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bilan uchrashuvda bahor kelishi bilan tez tarqaluvchi kasalliklarini oldini olish yuzasidan muloqoti bo‘lib o‘tdi.