Aholi murojaatlari o‘rganilib, muammolar hal etildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Sh. Ochilov o‘z saylov okrugida istiqomat qiluvchi muammolari mavjud fuqarolar bilan uchrashib, ularning murojaatlarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida aholi tomonidan bildirilgan muammolar mahalla yettiligi bilan hamkorlikda ko‘rib chiqilib, ayrim murojaatlar ijobiy hal etildi.
Shuningdek, fuqarolarning murojaatlari asosida ularga mavjud bo‘sh ish o‘rinlari ham taklif etildi.
Hal etilmagan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda murojaatlar qonuniy tartibda nazoratga olinishi tushuntirildi.