19¹-modda
🏫📋 Deputatlik nazorati doirasida maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-G‘ambur saylov okrugi deputati S. To‘rayeva tomonidan 41-son maktabgacha ta’lim tashkilotida deputatlik nazorati olib borildi.
🔎 O‘rganish jarayonida ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg‘ulotlarning olib borilishi hamda tashkilot faoliyati bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
✅ Deputat tomonidan muassasadagi mavjud holatlar o‘rganilib, aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
📌 Deputatlik nazorati hududdagi ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga ko‘maklashishga xizmat qiladi.