35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati J.Allayarova, profilaktika inspektori hamda tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i bilan birgalikda Ziyokor mahallasining "Oq karvon" ko‘chasida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida fuqarolar tomonidan yog‘ingarchilik vaqtida ko‘chaning ayrim qismlarida yomg‘ir suvlari to‘planib qolishi, buning oqibatida piyodalar harakatlanishida noqulayliklar yuzaga kelayotgani bildirildi.

Mazkur masala yuzasidan deputat tomonidan hududdagi muammoni imkon qadar qisqa muddatlarda bartaraf etish va zarur choralarni ko‘rish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tuman Yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig‘i tomonidan shu kunning o‘zida ko‘chaning notekis qismlariga shag‘al (tosh) to‘kilib, tekislash ishlari amalga oshirilishi ma’lum qilindi.

Mazkur masalaning ijrosi deputat nazoratida bo‘ladi.

Slide 1 of 3