📌 FUQARO DEPUTATGA QAYSI MASALALARDA MUROJAAT QILISHI MUMKIN?
Ko‘pchilik deputat faqat sessiyalarda qatnashadi yoki qarorlar qabul qiladi deb o‘ylaydi. Aslida esa deputat saylovchilarning manfaatlarini himoya qiluvchi vakil hisoblanadi.
❓ Deputatga qaysi masalalarda murojaat qilish mumkin?
✅ Ichimlik suvi ta'minoti bilan bog‘liq muammolar;
✅ Ichki yo‘llarni ta'mirlash va infratuzilmani yaxshilash masalalari;
✅ Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'minotidagi muammolar;
✅ Mahallalardagi obodonlashtirish ishlari;
✅ Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalari;
✅ Ta'lim va sog‘liqni saqlash muassasalari faoliyati bilan bog‘liq murojaatlar;
✅ Yoshlar, xotin-qizlar va ehtiyojmand oilalar muammolari;
✅ Davlat organlari faoliyatidan norozi bo‘lganda yoki murojaatga javob olinmagan hollarda.
📋 Deputat fuqarolarning murojaatlarini o‘rganadi, tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboradi hamda muammolarning qonuniy yechim topishiga ko‘maklashadi.
🤝 Unutmang, deputat – xalq vakili. Sizni qiynayotgan masala yuzasidan deputatga murojaat qilish huquqiga egasiz.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube