35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan suhbat o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 23-Kattabog‘ saylov okrugi deputati S. Abdulaxatovaning saylov okrugiga qarashli “Kattabog‘” mahallasida deputatlik faoliyatining ustuvor 24 yo‘nalishi doirasida suhbat o‘tkazildi.

📝 Suhbat davomida deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari mazmun-mohiyati, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish, saylovchilar bilan tizimli muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda hududdagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.

🤝 Tadbir ishtirokchilari tomonidan deputatlik faoliyati samaradorligini oshirish, aholi murojaatlariga o‘z vaqtida munosabat bildirish hamda mahalla bilan hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 4