35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#doimiy komissiya_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan tuman hududlarida sog‘liqni saqlash sohasiga oid davlat dasturlarining ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🌏Mazkur o‘rganishlar Jondor tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Y. Olimovning 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti asosida tashkil etildi.

🌏Ishchi guruh tomonidan hududlardagi oilaviy poliklinikalar, tibbiyot punktlari va birlamchi tibbiy-sanitariya muassasalarida kasalliklar profilaktikasi, aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirish, skrining va tibbiy ko‘riklar sifati, shuningdek asosiy tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganilmoqda.

Slide 1 of 6