35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#sessiya

Sessiya ishida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari, shahar hokimi birinchi o‘rinbosari, tegishli tashkilot rahbarlari, siyosiy partiya raislari, shahar hokimligi matbuot xizmati ishtirok etishdi.

✍️Kun tartibidagi masalalar:
Sessiya davomida shahar hayoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid quyidagi dolzarb masalalar atroflicha muhokama qilindi:
1. 2026-yil 1-chorak daromadlar rejasini orttirib bajarilgan qismi hisobidan mablag‘ yо‘naltirish tо‘g‘risida.
2. Olmaliq shahar mahalliy budjetining 2026-yil 1-chorak daromad va xarajatlar ijrosi, xarajatlarga kiritilgan о‘zgartirishlar hamda yil boshiga shakllangan qо‘shimcha manbalar ijrosi tо‘g‘risida.
3. “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan foydalanish tо‘g‘risida.
4. Olmaliq shahar “Bо‘ston” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida “Mening bog‘im” loyihasi doirasida “Yashil jamoat parki” barpo etish tо‘g‘risida.
5. Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashiga 11-saylov okrugidan saylangan deputat Xamdamov Qobil Muratqulovichning deputatlik maqomini tugatish tо‘g‘risida.

Kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar deputatlar tomonidan qizg‘in muhokama qilinib, shahar rivoji va aholi farovonligiga xizmat qiluvchi tegishli qarorlar bir ovozdan tasdiqlandi.
🌐 Sessiya jarayoni jamoatchilik uchun to‘liq ochiq tarzda, shahar Kengashining rasmiy Facebook sahifasi orqali jonli efirga uzatildi.

Slide 1 of 10