35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

#nazorat #natija

Olmaliq shahar “Zarbuloq” mahallasi hududida noqonuniy ravishda tashlab ketilgan qattiq maishiy chiqindilar aholining haqli e’tirozlariga sabab bo‘layotgan edi.

Mazkur ekologik muammo hudud deputati Faxriddin Matasimov tashabbusi bilan tezkorlik bilan nazoratga olindi. Deputat, mahalla raisi hamda shahar Ekologiya bo'limi boshlig'i o'rinbosari hamkorligida hududga zudlik bilan maxsus texnikalar jalb etildi.
Ko‘rilgan tezkor choralar natijasida hudud noqonuniy chiqindilardan butunlay tozalandi va tartibga keltirildi.
Eslatib o‘tamiz: Atrof-muhit musaffoligi va mahallamiz obodligi har birimizning mas’uliyatimizdir. Chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlamaslikni va ekologik madaniyatga amal qilishni so‘rab qolamiz.

Slide 1 of 3