35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.
янв.21
🏃‍♂️ DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABDA SPORT INFRASTRUKTURASI HOLATI O‘RGANILDI.
янв.21
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.
янв.21
Ziyokor mahallasida jinoyatchilikning oldini olish va yo‘l harakati xavfsizligi masalalari o‘rganildi.
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida 2-chorak yakunlari bo‘yicha axborot berdi
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvi: muammolar o‘rganilib, amaliy choralar belgilandi
янв.21
Investitsiya loyihasi ijrosi deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Oliy Majlis Senat qo‘mitasi raisi ishtirokidagi uchrashuvda hududiy masalalar muhokama qilindi.
янв.21
Deputat tomonidan hududdagi o‘rganishlar davom etmoqda
Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi

Bobоdo‘g‘i mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.


Xalq deputatlari Qiziltepa tuman Kengashi raisi U. Bobojonov Bobodo‘g‘i mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahalla hududidagi ko‘chalar, ichki yo‘llar, ariq-zovurlar, yashil hududlar hamda umumiy sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.

Shuningdek, mahalla faollari va mutasaddi tashkilotlar vakillari bilan suhbat o‘tkazilib, aholi uchun qulay va obod yashash muhitini yaratish, hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish, tozalikni ta'minlash hamda Mustaqilligimizning 35 yilligi bayramini munosib kutib olishga qaratilgan obodonlashtirish ishlarini jadallashtirish zarurligi ta'kidlandi.

Slide 1 of 4