35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deupati, O‘zLiDeP a’zosi Oydin Daniyarxodjayeva tomonidan “Geologlar” mahalla hududidagi 73-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida jamoatchilik vakillari bilan ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, mashg‘ulotlarning sifat darajasi hamda muassasada oziq-ovqat ta’minoti holati ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, ovqatlantirish jarayonining sanitariya-gigiena talablariga muvofiqligi, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvining sifati hamda xavfsizligi atroflicha o‘rganilib, binoning texnik hamda xavfsizlik holatini yaxshilash yuzasidan tavsiyalar berildi.

Ushbu o‘rganish tadbirlarida Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jamoliddin Kuchkarov ham ishtirok etdi.

Slide 1 of 3