Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi O. Isanov, kotibiyat mudiri X. Berdiyarova hamda deputatlar S. Kuldashov, K. Karimova, A. Ibadullayev va A. Odilov Boyovut tumanida yaqinda foydalanishga topshirilgan Yoshlar markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida deputatlar markazda yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlar, o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar jarayoni hamda mavjud infratuzilmani ko‘zdan kechirdilar.

Jumladan, markazda axborot texnologiyalarini o‘rganish uchun zamonaviy IT xonalari, boy kitob fondiga ega kutubxona, kasb-hunarga o‘qitish va xorijiy tillarni o‘rgatish yo‘nalishlari, turli fan va qiziqishlar bo‘yicha to‘garaklar hamda yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiluvchi barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgani alohida e’tirof etildi.

Shuningdek, deputatlar markaz faoliyatini yanada takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy kasb va ko‘nikmalarga o‘qitish, ularning intellektual salohiyatini yuksaltirish hamda bo‘sh vaqtini samarali tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar.

Slide 1 of 11