🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashining o‘ttiz ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlarning hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan atroflicha muhokama qilindi.
🔹 Dastlab, tumandagi kriminogen vaziyatni yaxshilash, xavfsiz muhitni yaratish hamda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi va Ichki ishlar organlari mas’ullarining hisobotlari eshitildi.
🔹 Shuningdek, Olmazor tumanining 2026–2027-yillarga mo‘ljallangan strategik rivojlanish yo‘nalishlari hamda islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi yuzasidan tuman hokimining hisoboti ko‘rib chiqildi.
💬 Sessiya davomida deputatlar tomonidan bildirilgan taklif va mulohazalar asosida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar belgilandi.
✅ Sessiya yakunida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda belgilangan vazifalarni samarali amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.