Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputatlari, doimiy komissiyalar a’zolari I.Qalandarov, J.Quryazov va S.Ahmedov tomonidan mahalla xotin-qizlar faoli N.H. Saparbayeva faoliyati joyida o‘rganildi.
👥 O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash tizimi, ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, oilalarda mavjud muammolarni aniqlash va bartaraf etish, shuningdek, xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi atroflicha tahlil qilindi. Mavjud muammolarni mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, xotin-qizlar bilan manzilli ishlash samaradorligini oshirish hamda bu boradagi faoliyatni yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.