35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

Deputat nazoratida – tabiatni muhofaza qilish va ekologik barqarorlik

🌿 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘liga ekologiya va tabiiy resurslar yo‘nalishidagi qonunlar hamda mas’ul tashkilotlar biriktirilgan.
Deputat tomonidan:
Tabiatni muhofaza qilishga oid qonunlar ijrosi ustidan deputatlik nazorati olib boriladi;
O‘simlik va hayvonot dunyosini asrash, o‘rmon fondini muhofaza qilish hamda karantin talablariga rioya etilishi monitoring qilinadi;
Mas’ul korxona va tashkilotlar faoliyati o‘rganilib, mavjud muammolar yuzasidan tegishli tavsiyalar beriladi;
Saylovchilar murojaatlari asosida ekologik muammolarni hal etish va atrof-muhitni asrashga qaratilgan amaliy choralar ko‘riladi.
🏢 Deputatga quyidagi tashkilotlar biriktirilgan:
"Shovot Agro Pilla" MChJ;
Paxta-to‘qimachilik klaster korxonasi;
"Shovot don mahsulotlari" AJ;
"Xorazm suv ta’minoti" AJ Shovot tumani filiali.
Shior: "Tabiatni asrash – kelajak avlod oldidagi muqaddas burchimiz!"