Yangiliklar

“NAVBAHOR” MAHALLASIDA TUNGI YORITGICH CHIROQLARI OʻRNATILADIMI?

​Xalq deputatlari Tuproqqalʼa tuman Kengashi deputati Muhiddin Yarashev aholi murojaatlarini ijobiy hal qilish maqsadida amaliy harakatni boshladi.

​Deputat tomonidan “Navbahor” mahallasi koʻchalari — Yoshlik, Hamrox, Saodat hamda Navqiron koʻchalarini tungi yoritgich chiroqlari bilan taʼminlash masalasida tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi R.Yuldashovga rasmiy deputat soʻrovi yuborildi.

Koʻchalarning tungi vaqtda yorugʻ va xavfsiz boʻlishi yoʻlidagi ishlar va soʻrov ijrosi (muddat: 10 kun) deputatning shaxsiy nazoratida boʻladi.