✅Zangiota tuman Kengashi deputati Muhitdinov Nizomiddin tomonidan “Toshkent elektr tarmoqlari” ochiq aksiyadorlik jamiyati Zangiota tuman elektr ta’minoti korxonasi boshlig‘iga rasmiy deputatlik so‘rovi yuborildi.
✅ Deputat tomonidan “Saxovat” va “Bog‘ishamol” hududlarida elektr ta’minoti holati joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hududdagi elektr ta’minotida:
elektr kuchlanishining pastligi;
mavjud elektr tarmoqlarining texnik holati qoniqarsizligi;
eskirgan simyog‘ochlardan foydalanilayotgani
aniqlandi.
✅Mazkur holatlar hududdagi aholi uchun noqulayliklar keltirib chiqarishi hamda haqli e’tirozlar yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mumkinligi qayd etildi.
📌Shu munosabat bilan deputatlik so‘rovida:
✅ hududga qo‘shimcha yuqori quvvatli yangi transformator o‘rnatish;
✅ eskirgan simyog‘ochlarni zamonaviy temir-beton tayanchlarga almashtirish;
✅ elektr ta’minoti sifatini yaxshilash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish
so‘raldi.