Yangiliklar

O‘rganish

✅Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Zokirovga biriktirilgan Zangiota tumani pensiya jamg‘armasi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida"gi O‘RQ-938-XII-son Qonuni ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

✅ Mazkur qonun fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash, hisoblash, qayta hisoblash hamda to‘lash tartibini belgilaydi.

✅O‘rganish davomida pensiya tayinlash va to‘lash jarayonlari, murojaatlar bilan ishlash, amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi hamda xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar savolnoma asosida ko‘zdan kechirildi.

✅Deputat tomonidan aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi hamda qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilishi ta’kidlandi.                                                               

Slide 1 of 6