#162_ta_Qonun
"Zevar" mahalla fuqarolar yig‘inida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati
M.Omonullayev tomonidan "Zevar" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi Qonuni (O‘RQ–406) mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbir davomida qonunning asosiy maqsad va vazifalari, yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
✅Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga atroflicha javoblar berildi.
✅Bunday targ‘ibot tadbirlari aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, qonunchilikni keng targ‘ib qilish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.