Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashi deputati A.Umurzoqov o‘zining saylov okrugiga qarashli Istiqlol mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” a’zolari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida hududda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda obodonlashtirish masalalari muhokama qilindi.
Deputat mahallada joylashgan 12-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti borib, bolalarning sog‘lom ovqatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Shuningdek bog‘chaning Do‘rmancha mahallasidagi filialiga borib o‘rganilganda, bog‘cha binosi 1967-yilda qurilgani hamda moslashtirilgani, hozirgi holati binoni ta’mirlash yoki yangitdan qurish talab etilayotganligi aniqlandi. Ushbu masalani ijobiy hal qilish bo‘yicha deputatlik nazorati o‘rnatildi.