Mirfozil MFYdagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A. Yursunov tomonidan Mirfozil MFYda olib borilgan o‘rganishlar asosida tuman hokimi o‘rinbosari nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Mazkur so‘rovda aholini
qiynab kelayotgan dolzarb masalaga yechim topish, muammolarni tizimli ravishda bartaraf etish va mas’ul tashkilotlar faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan. Har bir murojaat e’tibordan chetda qolmaydi. Deputat tomonidan ko‘tarilgan masala yuzasidan tegishli tashkilotlardan aniq choralar ko‘rish va asoslantirilgan javoblar taqdim etish so‘ralgan.