Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

“Deputat bilan bir kun” loyihasi doirasida Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati A.Bo‘tayev “Navro‘z” mahallasida joylashgan 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida olib borilayotgan qurilish ishlari jarayoni bilan tanishdi.

Tashrif davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, obyektning bugungi holati hamda belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi. Shuningdek, qurilish ishlarining sifati va loyiha talablariga muvofiq olib borilishiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’lumot o‘rnida, avval faoliyat yuritgan eski bino buzilib, uning o‘rnida zamonaviy talablar asosida 120 o‘rinli yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti barpo etilmoqda. Yangi muassasada bolalarning sifatli ta’lim-tarbiya olishi, mazmunli dam olishi hamda pedagoglar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish nazarda tutilgan.

Slide 1 of 3