Mazkur o‘rganish tadbiri doirasida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Oripov, tuman Kengashi deputati Z.Mengnarova, O‘zXDP tuman kengashi raisi O.Avazov va Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari ishtirokida “Qorliq” mahallasida o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish davomida hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish, ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘qitish va manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Deputatlik nazorati yakunida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan monitoring davom ettirilishi qayd etildi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz