Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, kotibiyat mudiri Q. Bobojonov Gulzor mahallasida bo‘lib, mahalla ijtimoiy xodimi tomonidan aholining ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifatli va samarali tashkil etilishi holatini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamning manzilliligi, xizmatlar sifati hamda mavjud ehtiyojlar yuzasidan fikr almashildi.
Aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar samaradorligini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✅ Inson qadri va aholi farovonligini ta’minlash yo‘lidagi bunday o‘rganishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.