Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati A. Ibadullayev o‘ziga biriktirilgan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida deputat “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (1993-yil 6-may, №837-XII) mazmuni, unda belgilangan asosiy normalar hamda fuqarolarning suv resurslaridan oqilona va tejamkor foydalanish borasidagi huquq va majburiyatlari haqida batafsil ma’lumot berdi.
Shuningdek, qonunda suv resurslarini muhofaza qilish, suvdan foydalanish tartiblariga rioya etish, ichimlik va sug‘orish suvlari manbalarini asrash hamda suvdan samarali foydalanishning ahamiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
Uchrashuv yakunida fuqarolarni qiziqtirgan savollarga javob berilib, suv resurslaridan oqilona foydalanish va ularni kelgusi avlodlar uchun asrab-avaylash barchaning muhim vazifasi ekani ta’kidlandi.