Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotin-qizlar faolining ish faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan Ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi PF-87-son Farmoni ijrosi bo‘yicha “Chinor” va “Do‘stlik” mahallalariga biriktirilgan xotin-qizlar faoli D.Riskimova tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi O.Babayev tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish jarayonida “Chinor” mahallasidan 62 nafar va “Do‘stlik” mahallasidan 60 nafar “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolar bilan ishlash holati, ularni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish bilan ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilayotgan imkoniyatlar hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan amaliy yordamlar tahlil qilindi.

🔺Shuningdek, oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash, xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va tazyiq hamda zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarga ham alohida e’tibor qaratildi.

🔺Xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash va turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan ishlar ustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2