#tavsiyalar_asosida
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyev tomonidan 20-son Axloq tuzatish muassasasida tarbiyalanuvchilar bilan kitobxonlik mavzusida uchrashuv-suhbat o‘tkazildi.
Muloqot davomida kitobxonlikning inson tafakkuri, dunyoqarashi va ma'naviy kamolotidagi o‘rni haqida atroflicha so‘z yuritildi. Kitob mutolaasi yoshlarni ezgu maqsadlar sari yetaklashi, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi hamda hayotda munosib o‘rin egallashiga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Shuningdek, yurtimizda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, aholi, ayniqsa yoshlarning kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma'lumot berildi. Uchrashuv ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tib, ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Tarbiyalanuvchilarga bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va muntazam kitob mutolaa qilish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Youtube
E-kengash