Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputatlik nazorati
Hududlarni obod saqlash, aholi uchun qulay va xavfsiz yashash sharoitlarini yaratish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Shu maqsadda deputatlar E.Yunusov va A.Mahkamov Chilonzor saylov okrugidagi ko‘p qavatli uylar atrofida o‘rganish olib borib, hududlarning tozaligi, obodonlashtirilishi hamda yoritish tizimlari holatini ko‘zdan kechirdi.
O‘rganish davomida uylar atrofi, piyodalar yo‘laklari va umumiy foydalanishdagi maydonlarning sanitariya holatiga alohida e’tibor qaratildi. Ayrim hududlarda obodonlashtirish ishlari namunali tashkil etilgani kuzatilgan bo‘lsa, ba’zi manzillarda tozalikni saqlash va yashil hududlarni parvarishlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘rish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, tungi vaqtda aholi xavfsizligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadigan yoritish tizimlarining holati ham o‘rganildi. Mavjud chiroqlarning ishlash samaradorligi tahlil qilinib, ayrim nuqtalarda yoritishni kuchaytirish va texnik nosozliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ilgari surildi.
Deputatlar hudud aholisi bilan ham muloqot o‘tkazib, ularning murojaat va takliflarini tingladi.
Fuqarolar tomonidan obodonlashtirish ishlarini kengaytirish, yashil maydonlarni ko‘paytirish va infratuzilmani yaxshilash yuzasidan qator fikrlar bildirildi.

Ta’kidlanganidek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘riladi. 

Slide 1 of 8