Muqaddas qadamjolar va ziyoratgohlarni obod qilish maqsadida, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Mamatmuratov tashabbusi bilan “Qoratepa” mahallasida o‘rganish ishlari tashkil etildi.
Hozirda hududdagi qabriston yo‘llarini tekislash va shag‘al yotqizish ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda. Jarayonga maxsus texnikalar jalb etilgan bo‘lib, ishlarning sifatli bajarilishi deputat tomonidan joyida ko‘zdan kechirildi
Bu kabi xayrli va savobli ishlarning borishi qat’iy deputatlik nazoratiga olingan.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz