Yangiliklar

Deputat va yoshlar uchrashuvi ko’tarinki ruhda o’tdi.

Yoshlar kuni munosabati bilan 13-Baxtiyorchi saylov okrugi deputati M.Rajabova, Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat bosh mutaxassis G.Soliyevalar hamda G’azberon MFY xotin-qizlar faoli O.Murodovalar ishtirokida  faol yoshlar bilan ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Tadbirdan ko’zlangan asosiy maqsad yoshlarning jamiyatdagi o’rni va faolligini yanada oshirish, ularning fikr va tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash hamda yoshlar bilan ochiq muloqot o’tkazishdan iborat bo’ldi.

Uchrashuv davomida deputat tomonidan mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atroflicha fikr bildirildi. Shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shug’ullanishi, sport va madaniyat sohalarida o’z iqtidorini namoyon etishi uchun amalga oshirilayotgan ishlar xususida so’z yuritildi.

Shuningdek, tadbir doirasida madaniy chiqishlar, she’rxonlik, kuy-qo’shiqlar va yoshlar tomonidan tayyorlangan sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Tadbir ko’tarinki kayfiyat, do’stona muhit va samimiy muloqotlarga boy tarzda o’tdi. Unda ishtirok etgan yoshlar bu kabi uchrashuvlar ularga katta ruhiy kuch va motivasiya bag’ishlashini alohida ta’kidladilar.

  

Slide 1 of 1