18-Hazortut saylov okrugi deputati M.Jumayeva Qumrabod mahallasi aholisi farzandlarini Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga borishi va bolajonlarga yaratilgan shart sharoitlarni o‘rganish ishlarini olib bordi.
O‘rganish jarayonida muassasada tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayonlarining tashkil etilishi, guruh xonalarining jihozlanishi hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasa xodimlarining faoliyati, ularning ish samaradorligi va bolalarga berilayotgan ta’lim-tarbiya sifati atroflicha tahlil qilindi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha muassasadagi shart-sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari maktabgacha ta’lim tizimida sifatni oshirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.