🛑 JINOYATCHILIKKA QARSHI KURASHISH — BARCHAMIZNING BURCHIMIZ!
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Amanov saylov okrugiga qarashli “Do‘stlik” MFYda hudud faollari hamda profilaktika inspektori bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🤝 Uchrashuvning asosiy maqsadi:
Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashishda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda “Mahalla yettiligi” va huquq-tartibot organlari hamkorligini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.
🔍 Muloqot davomida quyidagi masalalarga alohida to‘xtalib o‘tildi:
🔹 Yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikni jilovlash;
🔹 Oilaviy nizolarning oldini olish va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish;
🔹 Tungi vaqtlarda profilaktik tadbirlarni kuchaytirish.
🗣 “Har bir mahalla faoli o‘z hududidagi o‘zgarishlarga befarq bo‘lmasligi, profilaktika inspektori bilan yelkadosh bo‘lib ishlashi tinchligimiz garovidir”, — deb ta’kidladi deputat B.Amanov.