Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi deputati S.Kuldashov “Markaz” mahallasida joylashgan umumta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilarning davomat darajasi, ta’lim sifati, o‘quv jarayonining tashkil etilishi hamda yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha o‘rganildi. Shuningdek, maktab pedagog jamoasi bilan suhbat o‘tkazilib, ta’lim samaradorligini oshirish, o‘quvchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, deputat yoshlar bilan uchrashib, ularning fikr-mulohazalari, taklif va tashabbuslarini tingladi. Uchrashuv davomida yoshlarni sifatli ta’lim olishga undash, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda kelajakda kasb-hunar egallashlariga ko‘maklashish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.