Xalq deputatlari Shayxontohur tuman Kengashi deputati Dildora Islamova tomonidan Toshkent shahar Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasiga yuborilgan deputatlik soʻrovi ijrosi taʻminlandi.
Soʻrov natijasida:
Yoʻl harakati xavfsizligini tartibga solish boʻyicha chora-tadbirlar amalga oshirildi.
71-111-maktabgacha ta'lim massasasi hududida xavfsizlik choralari kuchaytirildi.
Fuqarolar murojaatlari inobatga olinib, muammolar bartaraf etildi.
Deputatlik soʻrovlari fuqarolar manfaatlarini himoya qilish va tumanimizda yoʻl harakati xavfsizligini yaxshilashda muhim vosita ekanligi yana bir bor tasdiqlandi.